Andijonda chiqindi olib ketish tariflari oshiriladi
Viloyatda soʻnggi bor ushbu xizmat narxlari 2024 yil yozida koʻtarilgandi.

Sentabr oyidan Andijon viloyatida maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari qimmatlaydi. Bu haqda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarorida maʼlum qilingan.
Qaror 2025 yil 29 avgust kuni eʼlon qilindi. Qaror bilan chiqindilarni toʻplash va olib ketishning yangi narxlari tasdiqlandi. Qaror 1 sentabrdan (tadbirkorlar uchun 1 dekabrdan) kuchga kiradi.
Jumladan, chiqindi olib ketish narxi bir kishiga 5982 soʻm (QQS 6700 soʻm)ni tashkil etadi. Yuridik shaxslar uchun bu narx 84 ming soʻmni tashkil etadi (bir metr kub hajmda). Tumanlarda bir kishi uchun 6200 soʻm, yuridik shaxslar uchun esa 72 800 soʻmni tashkil etadi.

Taʼkidlash kerak, Andijonda soʻnggi bor chiqindi tariflari 2024 yil iyunda oʻzgargan. Undan avval esa 2023 yil noyabrida narxlar oshgan.
Avvalroq Navoiy viloyatida ham chiqindi olib ketish tariflari oshgandi.