platina.uz
Iqtisod

"Yevroosiyo banki" tugatiladi

Bank tomonidan ustav kapitali miqdori boʻyicha belgilangan eng kam talab va boshqa shartlar bajarilmagan. 

"Yevroosiyo banki" tugatiladi

"Yevroosiyo banki" Markaziy bank qaroriga koʻra tugatiladi.

Ushbu aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank Boshqaruvining 2025 yil 27 avgustdagi 22/1-sonli qaroriga muvofiq “Yevroosiyo Banki” aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi.

Bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilindi, deyiladi xabarda.

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, bankni majburiy tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Bank haqida

"Yevrosiyo banki" AJ (AO "Yevraziyskiy bank") - Qozogʻistonning 30 yillik rivojlanish tarixiga ega tijorat banki hisoblanadi. U aktivlari boʻyicha mamlakatning eng yirik banklari oʻntaligiga kiradi, chakana bank bozorida yetakchi oʻrinni egallaydi, korporativ mijozlar hamda kichik va oʻrta biznes subʼektlari uchun keng koʻlamli xizmatlar koʻrsatadi.

Ushbu bank 2024 yil boshida Oʻzbekiston bozoriga kirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid