Uzcard tizimida nosozlik kuzatilmoqda
Tizim sayti ham yaxshi ishlamay qolgan. Hozirda holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Uzcard toʻlov tizimida nosozlik kuzatilmoqda.
Toʻlov xizmati xabariga koʻra, tizimda rejadan tashqari profilaktika ishlar olib borilgan.
Yagona umumrespublika protsessing markazi" AJ 2025 yil 28 avgustda Uzcard tizimida rejadan tashqari profilaktika ishlari olib borilayotgani xabar qildi.
Shu munosabat bilan vaqtinchalik uzilishlar:
- bankomatlar (ATM);
- E-POS va POS terminallari;
- xalqaro bank kartalari;
- chet elda kobeydj kartalari faoliyatida kuzatilayotgan boʻlishi mumkin.
Shuningdek, Uzcard saytida ham nosozlik kuzatilmoqda.
"Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va mutaxassislarimiz ushbu nosozliklarni bartaraf etish va tizimning barqaror ishlashini tiklash ustida ish olib borayotganini maʼlum qilamiz", deyiladi tizimning Telegramdagi sahifasida.