Shavkat Mirziyoyev Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashishi mumkin
Har ikkala rahbar sentabr oyida Xitoydagi paradda qatnashishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishi mumkin. Har ikkala rahbarlar sentabr oyida Xitoydagi tadbirlarda qatnashashi kutilmoqda.
28 avgust kuni KXDR yetakchisi Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan kelasi oy boshida Xitoyga tashrif bilan borishini maʼlum qildi. Bu haqda qator koreys nashrlari yozdi.
Shimoliy Koreya va Xitoy oʻrtasidagi uzoq yillik munosabatlar Kimning tashrifi bilan yaxshilanish bosqichiga kirishi kutilmoqda.
Gap nima haqida?
Xitoy tashqi ishlar vaziri Xon Ley Xitoy xalqining Yaponiyaga qarshi urushi va Butunjahon antifashistik urushi gʻalabasining 80 yilligiga (Gʻalaba kunining 80 yilligiga) tayyorgarlik koʻrishga bagʻishlangan brifingda ishtirokchilar roʻyxatini, jumladan, Kim Chen Inni nomini ham eʼlon qildi. Shu kuni Shimoliy Koreyaning markaziy axborot agentligi ham rais Kimning kelasi oy rais Si Szinpin taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyurishini rasman eʼlon qildi.
Tashrif buyuruvchi davlatlar ichida Oʻzbekiston nomi ham qayd etilgan. Xitoy tomonining maʼlum qilishicha, tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Vetnam, Laos, Indoneziya, Malayziya, Moʻgʻuliston, Pokiston, Nepal, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Belarus va Eron rahbarlari ishtirok etadi. Har bir davlatning yuqori martabali rasmiylari, jumladan, Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri Vu Von Sik ham ishtirokchilar roʻyxatidan joy oldi.
Shimoliy Koreya-Xitoy munosabatlari Ukraina urushi boshlanganidan soʻng shimolliklar va ruslar oʻrtasidagi harbiy aloqalar mustahkamlangani sababli sovigan edi. Avval Xitoy Shimoliy Koreya yuzasidan oʻz noroziligini bildirgan, jumladan, Kimning Xitoyga tashrifi va uning Si bilan uchrashuvlari oʻtkazilmagandi.
Shimoliy Koreya, shuningdek, turli diplomatik tadbirlar va davlat ommaviy axborot vositalari xabarlarida Rossiyaga ustuvor ahamiyat berish choralarini koʻrdi.
Biroq, Kim bu gal Si Szinpin taklifiga binoan Pekinga tashrif buyurishi sababli, ikki tomonlama munosabatlarning qayta tiklanishi ehtimoli oshdi.