platina.uz
Jamiyat

500 nafardan ortiq mahbus afv etildi

Mustaqillikning 34 yilligi arafasida jazoni oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida farmon imzolandi.

500 nafardan ortiq mahbus afv etildi

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida jazoni oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga oʻtgan 523 nafar mahkumni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Taʼkidlanishicha, avf etish akti sodir etilgan jinoyat faktini bekor qilmaydi, aksincha "aybini anglagan, qilmishidan pushaymon boʻlgan va oʻzini yaxshilash istagini isbotlagan shaxslar uchun imkoniyat" hisoblanadi.

Avf etilganlarning umumiy sonidan:

  • 195 nafar shaxs jazodan butunlay ozod etildi;
  • 147 nafari — shartli-erta;
  • 87 nafarining jazosi yengilrogʻiga almashtirildi;
  • 94 nafarining qamoq muddati qisqartirildi.

Avf etilganlar orasida:

  • 45 nafar ayol;
  • 60 yoshdan oshgan 31 kishi;
  • 30 yoshgacha boʻlgan 220 kishi, shu jumladan, bitta voyaga yetmagan shaxs;
  • 8 nafar chet el fuqarosi, xususan, Tojikistondan 6 nafar va Serra Leonedan 1 nafar shaxs;
  • 15 nafar ilgari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxs.

Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida prokuratura va tegishli idoralar tomonidan ozod etilgan shaxslarni yashash joyiga yetkazish, shuningdek, chet el fuqarolarini oʻrnatilgan tartibda oʻz vataniga deportatsiya qilish ishlari tashkil etildi.

Eslatib oʻtish kerak, Ramazon hayiti arafasida ham 500 nafarga yaqin mahbus afv etilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid