platina.uz
Biznes

Yiliga 600 tonnadan ortiq muqobil goʻsht ishlab chiqariladi

“Mikrokreditbank” parrandachilik sohasida katta yutuqlarga erishayotgan korxona faoliyati bilan tanishtirdi.

Yiliga 600 tonnadan ortiq muqobil goʻsht ishlab chiqariladi
Foto: Platina.uz

Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “ZOXID AGRO” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Mikrokreditbank” ATB Gʻazalkent BXO bilan hamkorlikda parrandachilik yoʻnalishida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugun bir qator ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida ushbu korxonaga press-tur uyushtirildi. Press-tur davomida jurnalistlarga korxona haqida batafsil maʼlumot berildi.

– Men oʻz ishimni juda yaxshi koʻraman. Kerak boʻlsa, shu yerda yotib qolib ishlayman. Odam mehnat qilsa, rohatini albatta, koʻrarkan. Ayniqsa, bu borada “Mikrokreditbank” katta yordam beradi. Bu bank xodimlarining xush muomalasiga maftun boʻlib qolganmiz. Ishlagan sari ishlaging kelaveradi, – deydi “ZOXID AGRO” MChJ taʼsischisi Ravshan Tohirov.

Korxona 2018 yilda tashkil etilgan boʻlib, asosiy faoliyat yoʻnalishi parrandachilikni rivojlantirishdan iborat. Hozirgi kunda 15 nafar doimiy ishchi mehnat qilmoqda, yaqin kelajakda yana 10 ta mavsumiy ish oʻrni yaratiladi.

Soʻnggi yillarda “Mikrokreditbank” bilan hamkorlikda “ZOXID AGRO” qator investitsiya loyihalarini amalga oshirdi. Jumladan:

  • 2024 yil may oyida 4,5 mlrd soʻmlik kredit asosida zamonaviy asbob-uskunalar va dorivor vositalar xarid qilindi;
  • 2024 yil dekabr oyida 4,5 mlrd soʻm kredit asosida vitamin va yem-xashak taʼminoti yoʻlga qoʻyildi;
  • 2025 yil aprel oyida 1 mlrd soʻmlik kredit hisobidan korxonaga quyosh panellari va zamonaviy jihozlar oʻrnatildi.

Bank tomonidan ushbu loyihaga ajratilgan jami kredit mablagʻlari 10 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Korxona yillik 80-90 ming bosh broyler joʻja yetishtirish imkoniyatiga ega boʻlib, bu yillik 200-250 tonna goʻsht mahsulotini ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Umumiy quvvat esa yiliga 600 tonnadan ortiqni tashkil etadi.

“ZOXID AGRO” MChJning mazkur loyihalari hududda ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash hamda ichki bozorni sifatli goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid