platina.uz
Jamiyat

Xorijiy yuk mashinalarining Oʻzbekiston boʻylab yurishi toʻlovlari oshirildi

Toʻlovlar umumiy haqiqiy ogʻirlikning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdoriga qarab oshib boradi. 

Xorijiy yuk mashinalarining Oʻzbekiston boʻylab yurishi toʻlovlari oshirildi

Xorijiy davlatlar ogʻir yukli transportlarining Oʻzbekiston hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar miqdori oshirildi.

Hukumat qarori (538-son, 26.08.2025 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Gap nima haqida?

Qaror bilan xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar miqdoriga oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlanadigan toʻlov quyidagi tariflarga muvofiq belgilandi:

▪️ umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqcha miqdori 0 tn dan 5 tn gacha boʻlganda yuriladigan 1 km masofa uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida;

▪️ 5 dan 10 gacha – 0,12;

▪️ 10 dan 15 gacha – 0,24;

▪️ 15 dan 20 gacha – 0,42;

▪️ 20 dan 25 gacha – 0,63;

▪️ 25 dan 30 gacha – 0,97;

▪️ 30 dan 35 gacha – 1,39;

▪️ 35 dan 40 gacha – 1,94;

▪️ 40 dan 45 gacha – 2,66;

▪️ 45 dan 50 gacha – 3,59;

▪️ 50 va undan yuqori – 4,22.

Shuningdek, ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalari oʻtishi uchun arizalarni koʻrib chiqish, yoʻnalishni kelishish hamda ruxsatnoma berish uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori “Litsenziya” avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi tarzda hisoblanishi koʻzda tutildi:

- 100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;

- har bir keyingi km uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.

Ilgari mazkur toʻlovlar 100 km ga qadar — 25 AQSh dollari hamda har bir keyingi kilometr uchun — 0,11 AQSh dollari qiymatida belgilangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid