platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 8 yoshli bemor operatsiya vaqtida vafot etdi

Prokuratura holat yuzasidan tekshirish oʻtkazib, jinoiy ish qoʻzgʻatdi. 

Toshkentda 8 yoshli bemor operatsiya vaqtida vafot etdi

Toshkentdagi tibbiyot markazida 8 yoshli bola vafot etdi.

Maʼlum qilinishicha, bola burun sohasida oʻtkazilgan rinoplastika amaliyoti vaqtida olamdan oʻtgan.

Sodir boʻlgan ushbu holatni Bosh prokuratura tasdiqladi. Mahkama xabariga koʻra, holat yuzasidan tekshirish harakatlari oʻtkazilgan.

Holatga aloqador shaxslarni batafsil soʻroq qilish, yuzlashtirish, qoʻp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan qonuniy toʻxtamga kelish imkoni yoʻqligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi, deyiladi prokuratura xabarida.

Taʼkidlash kerak, 2023 yilda bloger Farhod Mannopov operatsiya qilinganidan keyin vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid