platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida qator vaqtinchalik hibsxonalar yopildi

Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlarida joylashgan muassasalarning sanitariya-gigiyena sharoitlari talabga javob bermagan.  

Toshkent viloyatida qator vaqtinchalik hibsxonalar yopildi

Toshkent viloyatida bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari yopildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili matbuot xizmati xabar berdi.

Gap nima haqida?

Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025 yilning iyun oyida Quyichirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari oʻtkazilgan. Unda aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.

Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, Quyichirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi oʻrnatildi. Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlandi. Sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi)da taʼmirlash ishlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlashtirildi.

Shu bilan birga, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid boʻlgan Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati Ichki ishlar vazirining 2025 yil 21 iyuldagi tegishli buyrugʻi bilan tugatildi.

Avvalroq Andijondagi hibsxonaning 6 xodimiga chora koʻrilgandi.

Ombudsman vakili hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik taʼminotga oid jiddiy kamchiliklar, kanalizatsiya muammolari va majburiy mehnat holatlarini aniqlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid