platina.uz
Jahon

Tramp yana bojlar bilan tahdid qilmoqda

U Amerika texnologik kompaniyalariga “hujum” qilayotgan davlatlarga qarshi chiqishini bildirdi. 

Tramp yana bojlar bilan tahdid qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi bojlar bilan tahdid qildi.

U Amerika texnologik korporatsiyalariga nisbatan turli soliqlar yoki tartibga soluvchi cheklovlar joriy qiluvchi barcha mamlakatlarga qoʻshimcha import bojlari va eksport cheklovlari joriy etmoqchi.

"Men raqamli soliqlar, qonunlar yoki qoidalarga ega boʻlgan barcha mamlakatlarni ogohlantiraman.

Agar bu kamsitish choralari bartaraf etilmasa, men prezident sifatida ularning AQShga eksportiga sezilarli qoʻshimcha bojlar kiritaman va bizning yuqori darajada himoyalangan texnologiyalarimiz va chiplarimizga eksport cheklovlarini joriy qilaman", deb yozdi siyosatchi oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Trampning soʻzlariga koʻra, u Amerika texnologiya kompaniyalariga “hujum” qilayotgan davlatlarga qarshi chiqadi.

"Raqamli soliqlar, raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik va raqamli bozorlarni tartibga solishning barchasi Amerika texnologiyasiga zarar etkazish yoki kamsitish uchun moʻljallangan. Bu zudlik bilan tugashi kerak!" - dedi Oq uy rahbari.

Tramp va bojlar

Tramp hokimiyatga kelgach, turli mamlakatlarga savdo bojlari kirita boshladi. Yevropa, Kanada, Xitoy, Hindiston asosiy nishonlarga aylandi.

Ammo ularning aksariyatiga qarshi tariflar kechiktirilmoqda.

Tramp, shuningdek, Rossiyaga ikki hafta muhlat berganini ham aytgan. Bu Ukraina urushi bilan bogʻliq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid