platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida viza talablari bekor qilinadi

Tomonlar jami 15 hujjatni imzoladilar. Ular orasida ekstraditsiya, din, turizm boʻyicha bitimlar bor. 

Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida viza talablari bekor qilinadi

Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida viza talablari bekor qilinadi.

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar.

Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

- Ekstraditsiya toʻgʻrisida bitim;

- Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim;

- Qoʻshma komissiya tuzish toʻgʻrisida bitim;

- Viza talablarini bekor qilish toʻgʻrisida bitim;

- Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;

- Tovarlar va transport vositalari harakati toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlarni onlayn almashish toʻgʻrisida bayonnoma;

- Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Veterinariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

-Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;

- din ishlari boʻyicha anglashuv toʻgʻrisida idoralararo memorandumlar;

- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Avvalroq Oʻzbekiston va Iordaniya yetakchilari Samarqandda muzokara oʻtkazgandilar.

Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni keng qamrovli sheriklik darajasiga koʻtarishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid