platina.uz
Jahon

Germaniya ikki yilda Ukrainaga 9 mlrd yevro beradi

Mamlakat urush boshlangandan beri Ukrainaga 50 milliard yevrodan ortiq mablagʻ joʻnatgan. 

Germaniya ikki yilda Ukrainaga 9 mlrd yevro beradi

Germaniya hukumati keyingi ikki yil ichida Ukrainaga 9 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya moliya vaziri Lars Klingbayl Kiyevga tashrifi chogʻida maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, bunday qoʻllab-quvvatlash nafaqat Ukrainaning ichki barqarorligi, balki butun Yevropa xavfsizligi uchun ham muhim.

Janob Klingbeylning soʻzlariga koʻra, Berlin va Kiyev oʻrtasidagi muzokaralar nafaqat moliyaviy yordam, balki mamlakatning hozirgi sharoitda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikning boshqa jihatlariga ham taalluqlidir, deb yozadi “Strana.ua”.

Germaniya 2022 yil fevralidan beri Ukrainaga 50 milliard yevrodan ortiq mablagʻ joʻnatgan. Shundan 25 milliard yevroga yaqini qochqinlarni qabul qilishga, 17 milliard yevro harbiy yordamga, jumladan, askarlarni tayyorlashga va 6,7 ​​milliard yevro energetika infratuzilmasini tiklash kabi fuqarolar ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan.

AQShda Donald Tramp hokimiyatga kelgach, Ukrainaga ajratiladigan mablagʻlar asosan Yevropaga toʻgʻri kelmoqda.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga maktub yoʻllagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid