platina.uz
Biznes

Xarajati qushdek, daromadi tuyadek – Qiziltepada broyler parvarishi rivojlanmoqda

Loyihani yanada kengaytirish va zamonaviylashtirish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 1,2 mlrd soʻm miqdorida kredit ajratilgan.

Xarajati qushdek, daromadi tuyadek – Qiziltepada broyler parvarishi rivojlanmoqda

Bugun yurtimizda tadbirkorlik, ayniqsa, qishloq xoʻjaligining parrandachilik yoʻnalishiga qiziqish ortib bormoqda. Bu sohaning nafaqat serdaromad, balki aholi bandligini taʼminlashdagi oʻrni ham katta. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida faoliyat yuritayotgan “QIZILTEPA-PARRANDA-KLASTERI” MChJ bunday saʼy-harakatlarga yorqin misol boʻla oladi.

Korxona hozirda Qiziltepa tumani Gʻoyibon MFY hududida joylashgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 20 000 bosh broyler joʻjani parvarishlash imkoniyatiga ega. Aholini sifatli goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida korxona kooperatsiya usulida xonadonlarga parranda tarqatish va yetishtirilgan parrandalarni qabul qilish tizimini yoʻlga qoʻygan.

Quvonarlisi, korxona kooperatsiya usulida Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Kogon tumanlari, Samarqand viloyatining Paxtachi, Narpay va Kattaqoʻrgʻon tumanlaridagi 100 dan ortiq xonadonlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qilmoqda.

Bu nafaqat aholiga qoʻshimcha daromad manbai, balki mahalliy bozorni parranda goʻshti bilan taʼminlashda muhim omil boʻlmoqda, desak adashmaymiz.

Loyihani yanada kengaytirish va zamonaviylashtirish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 1 milliard 200 million soʻm miqdorida kredit mablagʻi ajratilgan edi.

Ajratilgan mablagʻ hisobidan:

  • Yetishtirilgan mahsulotni saqlash uchun muzlatgichli omborxona qurildi.
  • Tayyor mahsulotlarni bozorlarga tez va xavfsiz yetkazish maqsadida ISUZU yuk avtomashinasi sotib olindi.

Taʼkidlash kerakki, keyingi 2 yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 330 ta xoʻjalikka 1,2 trln soʻm (shundan, PQ-5146-son qaroriga asosan 763 mlrd soʻm hamda bank oʻz mablagʻlari hisobidan 459 mlrd soʻm) kredit ajratilib, 173 ta korxona sogʻlomlashtirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 20 ta loyihaga 190,1 mlrd soʻm kreditlar ajratildi.

Ushbu kreditlarning 102,5 mlrd soʻmi yangidan tashkil etilgan loyihalarga va 87,6 mlrd soʻmi kam quvvatda ishlayotgan parrandachilik xoʻjaliklariga yoʻnaltirildi.

Bunday loyihalar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholining turmush darajasi oshmoqda, oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanmoqda va eng muhimi – halol mehnat hisobiga barqaror turmush poydevori yaratilmoqda.

Bank Axborot xizmati

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid