Telekommunikatsiyalar sohasida yangi agentlik tuziladi
Agentlik operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilib boradi.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi.
Bu haqda “Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–142-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.
Gap nima haqida?
Farmonga koʻra, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi.
Agentlik operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.
Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor boʻladi.
Yangi agentliklar
Bir necha kun avval oʻtkazilgan prezident yigʻilishida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tuzilishi maʼlum qilingandi. Unga qator vazifalar yuklatilgandi.