Oʻzbekiston xalq baxshisi Shoberdi Boltayev vafot etdi
Uning repertuaridan “Alpomish”, “Oltin qovoq”, “Ollanazar Olchinbek”, “Kuntugʻmish”, “Suluvxon”, “Sanam gavhari”, “Malla savdogar”, “Oyparcha” kabi dostonlar oʻrin olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq baxshisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Boltayev Shoberdi Boltayevich bugun 81 yoshida vafot etdi.
Janoza 26 avgust soat 10:00 da Boysun tumani “Munchoq” mahallasida boʻladi.
Shoberdi baxshi Boltayev 1993 yil Oʻzbekiston Prezidentining faxriy yorligʻi, 2002 yil “Oʻzbekiston xalq baxshisi” unvoni, 2007 yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
Shoberdi baxshi Boltayevning repertuaridan “Alpomish”, “Oltin qovoq”, “Ollanazar Olchinbek”, “Kuntugʻmish”, “Suluvxon”, “Sanam gavhari”, “Malla savdogar”, “Oyparcha” kabi dostonlar va “Doʻmbiram”, “Mexmondir”, “Tilar”, “Nima kerak”, “Bilmadi”, “Oypari” kabi termalar oʻrin olgan.
Shoberdi baxshi Boltayev 1999 yildan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2002 yil “Oyparcha” nomli termasi “Taffakur” nashriyotida, 2019 yil “Malla savdogar” nomli dostoni “Akademiya” nashriyotida chop etildi.