Maktablarda oʻqish 2 sentabrdan boshlanadi
738 ming nafardan ortiq oʻquvchiga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat "Prezident sovgʻasi" beriladi.

Oʻzbekiston maktablarida 2025-2026 oʻquv yili 2 sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Respublika boʻylab barcha umumtaʼlim maktablarida yangi – 2025/2026-oʻquv yili dars jarayonlari joriy yilning 2 sentabridan (seshanba kuni) boshlanadi.
Maktablardagi oʻquv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari oʻtkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq oʻquvchiga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” tantanali topshiriladi.
Avvalroq OTMlarda oʻqish qachon boshlanishi maʼlum qilingandi.
Birinchi bosqich talabalari uchun yangi oʻquv yili 3 sentabrdan, yuqori kurslar uchun 8 sentabrdan boshlanadi.