platina.uz
Jamiyat

Fargʻona tumani hokimi Hamidullo Inomovga hayfsan berildi

Hokim tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini taʼminlash va boshqa masalalarda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan. 

Fargʻona tumani hokimi Hamidullo Inomovga hayfsan berildi

Fargʻona tumani hokimi Hamidullo Inomovga hayfsan jazosi berildi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishida aytilgan. Hujjat 2025 yil 25 avgustda eʼlon qilingan.

Hokim tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini taʼminlash va boshqa dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni bajarishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi ishchi guruhining viloyatga tashrifi davomida Fargʻona tumanidagi “Mindonobod” kichik sanoat zonasida olib borilgan oʻrganishlarda kamchiliklar aniqlangan.

Xususan,sanoat zonasiga joylashtirilgan 22 ta loyihalardan bugungi kunga qadar atiga 3 tasi ishga tushirilganligi, qolgan 19 ta loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha tizimli ishlar tashkil qilinmaganligi koʻrsatib oʻtildi hamda koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

Avvalroq Qiziriq tumani hokimi jazolangandi. U xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish va eksport koʻrsatkichlarini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid