platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga maktub yoʻlladi

Prezident Ukraina rahbarini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga maktub yoʻlladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni tabrikladi.

Prezident Ukraina rahbarini mustaqillik kuni bilan tabriklab, Vladimir Zelenskiyga maktub yoʻllagan.

"Ishonchim komilki, davlatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz umumiy manfaati yoʻlida rivojlanib boraveradi", deyiladi maktubda.

Oʻz navbatida Zelenskiy tabrik uchun minnatdorchilik bildirgan.

"Men sizning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va insonparvarlik tashabbuslari boʻyicha pozitsiyangizni qadrlayman", degan Ukraina rahbari.

Eslatib oʻtamiz, bugun Ukraina mustaqilligining 34 yilligi nishonlanmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid