platina.uz
Siyosat

Iordaniya podshohi Abdulla II Oʻzbekistonga keladi

Asosiy siyosiy tadbirlar Samarqandda boʻlib oʻtadi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika va boshqa masalalar koʻriladi. 

Iordaniya podshohi Abdulla II Oʻzbekistonga keladi

Iordaniya podshohi Oʻzbekistonga keladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.

Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolanishi koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda boʻlib qaytgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid