platina.uz
Jamiyat

Hokim yordamchilari jami 40 mlrd soʻmlik kreditni talon-toroj qildi

Fargʻonada 2024 va 2025 yillardagi holatlar oʻrganilgan, jami 26 nafar yordamchiga jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Hokim yordamchilari jami 40 mlrd soʻmlik kreditni talon-toroj qildi
Fotokollaj: Platina.uz

Fargʻonada 2024 yilda 10 nafar va joriy yilning oʻtgan davrida 16 nafar hokim yordamchisi jami 40 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Fargʻona shahrida faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari 1666 ta holatda 37 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilgan.

Misol uchun, Qirguli mahallasidagi hokim yordamchisi T. Quva tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro nomiga 33 mln soʻmdan ularning xabarisiz kredit rasmiylashtirib, talon-toroj qilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning 2021 yildagi PQ-55-sonli qarorida hokim yordamchilari oʻziga biriktirilgan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanishi va ularning samaradorligini monitoring qilib borish choralarini koʻrishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid