platina.uz
Jahon

AQSh ikki haftadan keyin Rossiyaga qarshi keskin choralar koʻrishi mumkin

Avvalroq Tramp Rossiyaga urushni toʻxtatish uchun 10 kun muhlat bergandi. Ammo bu muddat oʻtib ketsa ham cheklovlar kiritilmadi. 

AQSh ikki haftadan keyin Rossiyaga qarshi keskin choralar koʻrishi mumkin

AQSh ikki haftadan keyin Rossiyaga qarshi yirik sanksiyalar kiritishi mumkin.

Mamlakat prezidenti Donald Tramp mahalliy jurnalistning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun qancha vaqt bergani haqidagi savoliga javob berar ekan, shunday dedi: "ikki hafta".

Keyin Tramp Ukraina muammosi dinamikasiga qarab, sanksiyalar, bojlar qoʻllashi yoki muzokara jarayonidan chiqishi mumkinligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, qaror ikki hafta ichida qabul qilinadi. AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda matbuot anjumanida aytib oʻtdi.

"Oʻylaymanki, ikki haftadan keyin Rossiya va Ukrainaning munosabatini tushunaman. Agar Ukrainadagi urush toʻxtatilmasa, ikki hafta ichida juda muhim qaror qabul qilaman", - dedi Donald Tramp.

Oq Uy yaqinda AQSh Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuviga tayyorgarlik koʻrayotganini eʼlon qilgandi.

Trampning "tahdid"lari

Donald Tramp ruslarga avvalroq ham ultimatum qoʻygan edi: agar Rossiya Ukrainadagi harbiy amaliyotlarini toʻxtatmasa 8 avgustdan mamlakatga sanksiyalar joriy qilishi va hamkor mamlakatlar tovarlariga 100 foizlik bojlar joriy etilishi mumkin edi.

Koʻp oʻtmay, Rossiya Federatsiyasi va Qoʻshma Shtatlar prezidentlari Alyaskada uchrashdi va Donald Tramp keyinroq bu ultimatum haqida gapirmay qoʻydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid