platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti narxi oshadi

Yangi tariflarning kuchga kirish sanasi hozircha nomaʼlum. Avalroq Toshkent viloyatida ham issiq suv boʻyicha yangi tariflar tasdiqlangandi. 

Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti narxi oshadi

Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti narxlari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi qarori eʼlon qilindi.

Qaror 2025 yil 22 avgust kuni chiqarilgan.

Unga koʻra, "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyidagi narxlar taklif etilgan:

- bazaviy tarif QQSsiz 711 641 soʻm/Gkal;

- aholi uchun QQSsiz 139 860 soʻm/Gkal;

- byudjet tashkilotlariga 952 797 soʻm/Gkal;

- boshqa ulgurji xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarga QQSsiz 342 296 soʻm/Gkal.

Ammo bu tariflar qachondan kuchga kirishi aytilmagan.

Kommunal xizmatlari narxi

Soʻnggi vaqtlarda hududlarda issiq va sovuq suv narxi oshishi kuzatilyapti.

Bir necha kun avval Toshkent viloyatida Xalq deputatlari viloyat kengashi qarori bilan issiq suv boʻyicha yangi tariflar tasdiqlangandi.

1 sentabrdan esa Navoiy viloyatida ichimlik suvi narxlari oshishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid