platina.uz
Jamiyat

OTMlarda oʻqish qachon boshlanishi maʼlum qilindi

Birinchi bosqich talabalari uchun yangi oʻquv yili 3 sentabrdan boshlanadi. 

OTMlarda oʻqish qachon boshlanishi maʼlum qilindi

OTMlarda oʻqish qachon boshlanishi aniq boʻldi.

Yangi oʻquv yili 1-kurslar uchun 3 sentabrdan, yuqori kurslarga 8 sentabrdan boshlanadi.

Gap nima haqida?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlangan.

Unga koʻra:

-akademik litseylarning barcha bosqich oʻquvchilari va oliy taʼlim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentabrdan;

-oliy taʼlim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8 sentabrdan boshlanadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, Mustaqillik bayrami munosabati bilan faqat 1 sentabr kuni dam olish berilishi maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid