platina.uz
Jamiyat

Namanganda taqiqlangan tashkilot gʻoyalari taʼsiriga tushgan 21 kishi qoʻlga olindi

Ularning toʻrt nafariga ayblov eʼlon qilingan. Qolganlarga nisbatan esa tergov davom etmoqda. 

Namanganda taqiqlangan tashkilot gʻoyalari taʼsiriga tushgan 21 kishi qoʻlga olindi

Namangan viloyatida xalqaro terroristik tashkilot gʻoyalari taʼsiriga tushgan shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

DXX va Namangan viloyati IIB xodimlari oʻtkazgan tezkor tadbirlarda "Islom davlati" terroristik tashkiloti taʼsiriga tushgan 21 nafar shaxs qoʻlga olindi.

Gap nima haqida?

Ushbu jamoat yetakchisi Pop tumanida yashab kelayotgan shaxs boʻlgan. U ayni paytda Janubiy Koreyada mavsumiy ishlab kelayotgan shaxs bilan tanishib, uning taʼsirida Telegram kanal ochib, taqiqlangan materiallar joylab kelgan.

Ular oʻzaro sharʼiy nikoh oʻqitib, kelgusida jangovar harakatlar boʻlayotgan hududlarga ketishni reja qilgan.

Ular yana kanallar ochib, ularga yaqin qarindoshlarini jalb qilishgan va jang sahnalari, amaldagi tuzumni agʻdarish boʻyicha materiallarni joylashgan.

Hozirda jamoatning 4 nafar aʼzosiga JKning 244-moddasi 1 va 2-qismlari doirasida jinoiy ish ochilib, ikki kishi qamoqqa olingan. Qolgan 17 kishiga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.

DXX avvalroq Surxondaryoda energetika mansabdori, Fargʻonada Xalq qabulxonasi xodimini pora ushlagandi.

Mansabdor fermer xoʻjaligi qarzdor ekaniga qaramay, elektr tarmogʻiga qayta ulab berish evaziga pul talab qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid