Husan Abduvohidov Paxtakor tumani hokimi etib tayinlandi
U avval BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi loyihasida ishlagan.

Husan Abduvohidov Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hokimi etib tayinlandi.
Paxtakor tumanida 22 avgust kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Viloyat hokimining Abduvoxidov Xusan Boʻltakovichni Paxtakor tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Abduvohidov Husan Boʻltakovich yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihada moliyaviy masalalar boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yildan buyon Paxtakor tumani hokimi boʻlib ishlab kelayotgan Ashurov Asilbek Raxmonovich Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.