platina.uz
Jamiyat

Asilbek Ashurov Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlandi

Tumanning avvalgi rahbari iyul oyida pora olayotganda qoʻlga olingandi. 

Asilbek Ashurov Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlandi

Jizzaxning Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi.

22 avgust kuni Sharof Rashidov tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibida tashkiliy masala koʻrildi. Unda viloyat hokimi Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga — Ashurov Asilbek Raxmonovich nomzodini deputatlarga tavsiya etdi.

Viloyat hokimining Ashurov Asilbek Raxmonovichni Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Eslatib oʻtamiz, Ashurov Asilbek Raxmonovich 2022 yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tumanning avvalgi rahbari M. Xolboʻtayev iyul oyida pora bilan qoʻlga olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid