platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda energetika mansabdori, Fargʻonada Xalq qabulxonasi xodimi ushlandi

Mansabdor fermer xoʻjaligini qarzdor ekaniga qaramay, elektr tarmogʻiga qayta ulab berish evaziga pul talab qilgan. 

Surxondaryoda energetika mansabdori, Fargʻonada Xalq qabulxonasi xodimi ushlandi

Energetika mansabdori va Xalq qabulxonasi masʼul xodimi pora bilan ushlandi.

Surxondaryoda energetika sohasining mansabdor xodimiga, Fargʻonada esa Xalq qabulxonasining masʼul xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Gap nima haqida?

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman boʻlimi boshligʻi tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bosh mutaxassisi bilan oʻzaro til biriktirgan.

Ular paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning elektr energiyasidan qarzdorligi boʻlsada, uni umumiy foydalanishda boʻlgan elektr tarmogʻiga qayta ulab berish va oʻzida saqlab kelayotgan fermer xoʻjalikka tegishli elektron hisoblagichni qaytarib berish evaziga 5 mln. soʻm talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Fargʻona viloyatida kuzatilgan holatda esa Oʻzbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi ushlandi. U 1965 y.t. fuqaroning kredit qarzdorligi boʻyicha tuman Majburiy ijro boʻlimida unga nisbatan yuritilgan ijro hujjatini tanishlari orqali yoʻq qilib berish evaziga 5 million soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq DXX Rossiya, Tojikiston va Afgʻonistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolinganini maʼlum qilgandi. Jumladan, 2005 va 2006 yillarda tugʻilgan ikki fuqaro jami 62 kg narkotikni Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelganda ushlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid