Shavkat Mirziyoyev yana bir nechta tadbirkorlarni mukofotladi
Jami yetti nafar tadbirkor ordenlar bilan taqdirlandi. Prezident 18 avgust kuni ham qator ishbilarmonlarni mukofotlash boʻyicha farmonni imzolagandi.

Pezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlari mukofotlash boʻyicha farmonni imzoladi.
Ular "ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obʼektlarni qurish, aholi uchun koʻplab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna boʻlayotgani uchun" taqdirlangan. Jumladan:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abduraximov Avaz Ergashboyevich - Yakkasaroy tumanidagi «64 BIT» masʼuliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi, Toshkent shahri
Agʻzamov Hamidulla Atovullayevich - Zangiota tumanidagi «Toys Uz» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Zoitbekov Yusufbek Qudratbek oʻgʻli - Zangiota tumanidagi «Lider Kabel Group» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Ibragimov Rashid Xasanovich - Toshkent tumanidagi «Online building project» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Karimbayev Xoʻrsandjon Dadajonovich - Zangiota tumanidagi «Farm Diyor» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
«Doʻstlik» ordeni bilan
Musina Alfiya Raximovna - Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi
Raximbayev Aydin - Qozogʻiston Respublikasining «BI Group» xoldingi direktorlar kengashi raisi taqdirlandi.
Tadbirkorlar va mukofotlar
Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni ham bir qator tadbirkorlarni taqdirlagan edi. Jumladan, Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
20 avgust kuni Prezident mukofotlarni tadbirkorlari topshirdi. Xuddi shu kuni tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi farmon imzolandi. Unga koʻra tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga 270 trln soʻm yoʻnaltirilishi maʼlum qilindi.