platina.uz
Jamiyat

Mustaqillik bayramiga qoʻshimcha dam olish berilmaydi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bu boʻyicha alohida eslatma bilan chiqdi.

Mustaqillik bayramiga qoʻshimcha dam olish berilmaydi
Foto: Platina.uz

Mustaqillik bayramida qoʻshimcha dam olish kunlari berilmaydi va dam olish kunlari ham koʻchirilmaydi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining eslatishicha, barcha odatdagidek ishlaydi va dam oladi. Faqat bir kun – 1 sentabr, dushanba kuni hammaga dam beriladi.

  • 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30 avgust (shanba), 31 avgust (yakshanba) va 1 sentabr (bayram) kunlari;
  • 6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31 avgust (yakshanba) va 1 sentabr (bayram) kunlari dam oladi.

Katta bayramlarda ketma-ket dam olish eʼlon qilish yaxshi anʼanaga aylangan edi. Masalan, 2024 yilda oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishga chiqishgan edi: 31 avgust va 1-3 sentabr kunlari.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid