platina.uz
Jahon

Mashhur sudya Frenk Kaprio vafot etdi

U sud zalida odamlarga nisbatan rahm-shafqati va adolati bilan mashhur edi. 2023 yildan buyon saraton bilan kurashib kelayotgandi. 

Mashhur sudya Frenk Kaprio vafot etdi

AQShda “dunyodagi eng muloyim hakam” deb atalgan sudya Frenk Kaprio 88 yoshida vafot etdi.

U oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi, deyiladi Facebookʼdagi rasmiy sahifasida.

Gap nima haqida?

Kaprio shon-shuhratga "Providensda ushlanganlar" telekoʻrsatuvi tufayli erishdi, uning sud jarayonlari butun dunyo boʻylab tarqaldi va ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, 1,6 million obunachi boʻlgan TikTokda koʻplab koʻrildi.

Sudya sud zalidagi odamlarga nisbatan rahm-shafqati va mehribonligi bilan tanilgan va bu unga "eng muloyim sudya" laqabini olgan.

"Uning merosi son-sanoqsiz mehribonliklarida yashaydi. Uning sharafiga biz har kuni boʻlgani kabi dunyoga bir oz boʻlsada koʻproq rahm-shafqat olib kelishga intilamiz", deyiladi bayonotda.

Uning sud amaliyoti haqidagi serial 2000 yilda boshlangan va toʻrt marta" Emmi" mukofotiga sazovor boʻlgan.

Frenk Kaprio hayoti

Kaprio 1936 yilda tugʻilgan.

Frenk Kaprio 1985 yildan 2023 yilgacha Providens shahar sudi sudyasi boʻlib ishlagan.

Intervyularidan birida oʻzi rahbarlik qilgan sud jarayonlari 2 mlrdgacha koʻrilgani haqida aytadi. Jumladan, uning oʻzbek muhojir ustidan oʻtkazgan sud jarayoni Oʻzbekistonda mashhur boʻlgandi.

Oʻtgan yilning dekabr oyida, 87 yoshga toʻlganidan koʻp oʻtmay, u ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz tashxisini eʼlon qildi va qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun odamlarga minnatdorchilik bildirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid