platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda jamoat transporti narxi oshdi

Bu haqda Vazirlar Kengashi qaror chiqardi. Hujjat eʼlon qilingandan darhol kuchga kirgan. 

Qoraqalpogʻistonda jamoat transporti narxi oshdi

Qoraqalpogʻistonda bugundan jamoat transportida yoʻlkira narxi oshdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qarorida maʼlum qilingan.

Qaror 2025 yil 20 avgust kuni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, jamoat transportida bir martalik yurish tarifi kuyidagicha belgilandi:

- shahar ichi yoʻnalishli avtobuslarda yoʻlovchilarni tashish xizmati cheklangan bir martalik tarif naqd pulda yoʻl haqqi (QQS bilan) - 2600 soʻm;

- shahar ichi yoʻnalishli avtobus transportida naqd pulsiz elektron shaklda toʻlangan toʻlovlar (transport kartasi, avtomatlashtirilgan transport toʻlov tizimi operatori ATTO, masofadan toʻlash imkoniyatiga ega bank kartalar) orqali bir nafar yoʻlovchi uchun (QQS bilan) - 2000 soʻm;

Yoʻlovchilarning umumiy foydalaniladigan transportda shahar yoʻnalishlarida cheklangan tarif rejalariga yurishlar sonidan kelib chiqib chegirmalar va imtiyozlar mazkur qarorning 1- ilovasiga muvofiq, ATTO kartasidan foydalanuvchilar uchun mazkur qarorning 2 ilovasiga muvofiq ragʻbatlaniruvchi chegirmalar joriy etiladi.

Shuningdek, shahar ichi, shahar atrofi, tuman markazidan boshlanuvchi shaharlararo yoʻnalishli taksi yoʻnalishida 5 km gacha bir martalik yoʻlovchilarni tashish xizmati tarif (QQS bilan) 3000 soʻm miqdorida belgilandi.

Shuningdek, oddiy yoʻlovchilar, talaba va nogironlar uchun ham tariflar belgilandi.

Avtobusda yurish oddiy yoʻlovchilar uchun oyiga 200 ming soʻmni, yiliga esa 1 mln 642 ming soʻmni tashkil etadi. Pensioner, nogiron, talaba va oʻquvchilar uchun bu miqdor mos ravishda 100 ming va 912 ming soʻmni tashkil etadi.

Jamoat transporti narxida oʻsish

Iyul oyida Sirdaryodagi shaharlarda jamoat transporti narxi oʻzgargandi.

Oʻshanda elektron toʻlov miqdori 2 ming soʻm, naqd pul shaklidagi toʻlov esa 3 ming soʻm etib belgilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid