platina.uz
Jamiyat

Mahallalarda huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi

Janjalkash va nizoli oilalardan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti joriy etiladi. 

Mahallalarda huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi

Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

"Prezidentning ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (PQ–253-son, 18.08.2025 y.) qabul qilindi.

Gap nima haqida?

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

- kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sunʼiy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy taʼminotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan toʻliq qamrab olish;

- joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qoʻriqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish.

Qaror bilan “Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar” Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uygʻunlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konsepsiyaga koʻra, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi va prokurorning xizmat xonasi 2025 yil yakunigacha bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan oʻsha yerda amalga oshiriladi.

Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Ijtimoiy profilaktika obʼektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi “mahalla targʻibotchisi” jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.

Mahalladagi jamoat joylari, koʻp qavatli turarjoy va uylar oldida “tashvish” tugmalari oʻrnatiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid