Jizzax viloyati IIBga situatsion-tahliliy markaz qurish uchun 9,8 mlrd soʻm ajratiladi
Pul choraklar yakuni boʻyicha shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan beriladi.

Jizzax viloyati IIBga situatsion-tahliliy markaz qurish uchun pul ajratish boʻyicha qaror eʼlon qilindi. Qaror Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi tomonidan 2025 yil 19 avgust kuni eʼlon qilingan.
Mablagʻ viloyat byudjetining 2-3 choraklari yakunlari boʻyicha shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladi.
Qarorning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash vazifasi viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Azimovga, ajratilgan mablagʻdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish viloyat IIB boshligʻi Gʻ.Qodirov zimmasiga yuklatildi.
Mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Rahmonqulovga topshirildi.
Pul ajratish boʻyicha qarorlar
Avvalroq Andijonda byudjetdan 37 milliard soʻmdan oshiq pul ajratilishi maʼlum qilingandi.
Shundan 3,7 milliard soʻmi maxsus dastur doirasida tibbiyot muassasalari uchun sarflanishi aytilgan. Undan avval esa 15 mlrd soʻm ajratilgan.