platina.uz
Sport

Triatlon: Samarqanddagi jahon chempionatining ayollar bahsida gʻoliblar aniqlandi

Unda Fransiya, Rossiya, Sloveniya vakillari muvaffaqiyatli qatnashdi. Oʻzbekistonliklar ichida eng yaxshi natija Alina Hakimova tomonidan qayd etildi.  

Triatlon: Samarqanddagi jahon chempionatining ayollar bahsida gʻoliblar aniqlandi

Sportning triatlon turi boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi "25 Jahon chempionati”ning ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida elite va senior yoʻnalishining sovrindorlari aniqlandi.

Musobaqalar Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turistik majmuasida boʻlib oʻtdi.

Belllashuvlar natijasiga koʻra fransiyalik Matilda Gote chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. U marra chizigʻini 56 daqiqa, 47 soniyada bosib oʻtishga muvaffaq boʻldi.

Gʻolibdan 24 soniya ortda qolgan Djasha Vratchich (Sloveniya) ikkinchi oʻrin sohibasiga aylandi.

Sovrindolarlar uchligini esa yana bir fransiyalik sportchi Siliya Marl yakunlab berdi. Uning uchta yoʻnalish boʻyicha koʻrsatgpn natijasi 58 daqiqa, 06 soniyani tashkil etdi.

Mazkur yoʻnalishda oʻzbekistonliklardan eng yaxshi natija Alina Hakimova tomonidan qayd etildi va u marra chizigʻini beshinchi boʻlib kesib oʻtdi.

Senior yoʻnalishidagi yakuniy natijalar quyidagicha koʻrinish oldi:

1. Anastasiya Abrosimova (Rossiya) - 1.04.24.

2. Sara Graves (Kanada) - 1.06.14.

3. Loreto Pastor Sopelana (Ispaniya) - 1.07.23.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid