Islom sivilizatsiyasi markazida yongʻin roʻy berdi
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻqligi aytilmoqda.

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yongʻin yuz berdi. FVV hodisa tafsilotlarini taqdim etdi.
Gap nima haqida?
19 avgust kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar koʻchasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida qurilish mahsulotlari yonayotganligi toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, aytilgan manzilda navbatchilikda turgan va boshqa yordamga yetib borgan yongʻin qutqaruv ekipajlari tomonidan, yongʻinni oʻchirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi, deya taʼkidlanadi FVB xabarida.
Avvalroq Koʻkdalada zapravka portlagan va bir kishi jabrlangandi.