Bankir va mahalla: Fargʻonada timbilding oʻtkazildi
“Mikrokreditbank” mahalla bankirlari va agentlarni vodiyda toʻpladi.

“Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan Fargʻona shahrida oʻtkazilgan timbilding uchrashuvi viloyatdagi hamda qoʻshni Namangan va Andijondan kelgan mahalla bankirlari va agentlarini birlashtirdi.

Dastur davomida @mkb_mahallabankiri_bot taqdimoti, ochiq muloqotlar va interaktiv mashgʻulotlar orqali ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashdi, dolzarb savollarga yechim izlashdi.
Tadbir chogʻida faol mahalla bankirlari va agentlar taqdirlandi, eng faol qatnashchilarga esa esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qizgʻin muloqot va samimiy muhitda oʻtgan timbilding ishtirokchilar uchun nafaqat foydali bilim va tajriba manbai, balki yangi doʻstliklar va kelgusi hamkorliklarga zamin yaratdi.