platina.uz
Jahon

Tramp urushni toʻxtatish uchun Zelenskiyga ikki shart aytdi

Bu Qrimdan voz kechish va NATOga aʼzo boʻlmaslikni nazarda tutadi. Bugun Ukraina rahbari AQShga tashrif buyuradi. 

Tramp urushni toʻxtatish uchun Zelenskiyga ikki shart aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Zelenskiy ikki shart evaziga urushni toʻxtatishi mumkinligini aytdi.

Bular Qrim va NATOdan voz kechishdir. Trampga koʻra, bu omillar urushni toʻxtatishi mumkin.

"Ukraina prezidenti Zelenskiy agar xohlasa, Rossiya bilan urushni deyarli darhol tugatishi yoki jangni davom ettirishi mumkin. Hammasi qanday boshlanganini eslang. Obama tomonidan berilgan Qrim qaytarilmaydi (12 yil oldin, birorta ham oʻq otilmasdan egallangan!). Va Ukraina NATOGA qoʻshilmaydi". Tramp bu haqda oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida Ukraina rahbarining Oq uyga tashrifi arafasida yozgan.

Bugun Vashingtonga tashrifi chogʻida Zelenskiyga Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Finlyandiya rahbarlari, shuningdek, NATO Bosh kotibi va Yevrokomissiya rahbari hamrohlik qiladi.

"Ertaga Oq uyda muhim kun boʻladi. Hech qachon bunchalik koʻp Yevropa yetakchilari bir vaqtning oʻzida u yerda boʻlmagan. Men ularni mehmon qilishdan faxrlanaman", deb yozgan Tramp boshqa postida.

CNN taʼkidlaganidek, Trampning bayonoti Zelenskiy Oq uydagi uchrashuvda duch keladigan bosimni aks ettiradi.

“Sanab oʻtgan ikki shart – Ukraina Rossiya 2014 yilda noqonuniy ravishda anneksiya qilgan Qrimni berishi va hech qachon NATOga qoʻshilmaslik Vladimir Putin urushni tugatish uchun qoʻygan shartlar qatoriga kiradi”, deb yozadi telekanal.

Tramp va Ukraina

15 avgust Tramp Alyaskada Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi. Unda Putin qator talablarni ilgari surgan.

Ular ichida Donetsk viloyatidan chiqib ketish, NATOga aʼzo boʻlmaslik va boshqa talablar bor.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid