platina.uz
Jamiyat

Starlink Oʻzbekistonda 2026 yildan ishga tushishi mumkin

Xizmat ilk bor 2023 yilda mamlakatga kirishi aytilgandi. Hozirda Starlink Qozogʻistonda ishlamoqda. 

Starlink Oʻzbekistonda 2026 yildan ishga tushishi mumkin

Oʻzbekistonda 2026 yilda Starlink sunʼiy yoʻldosh interneti ishga tushishish kutilmoqda. 13 avgust kuni u Qozogʻistonda rasman ish boshlagandi.

Xizmatning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan qamrov xaritasida ushbu xizmat Oʻzbekistonda 2026 yildan boshlab foydalanishga kiritilishi koʻrsatilgan. Ilgari bozorga chiqish rejalari bir necha bor keyinga surilgandi: avvaliga 2023 yilda, keyin 2025 yilda ishga tushirilishi kutilgan edi, endi esa bu muddat yana bir yilga qoldirildi.

Ilon Maskning Space X kompaniyasi 2022 yilda Oʻzbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini maʼlum qilgandi. Bundan tashqari, “Oʻzbekkosmos” agentligi koʻmagida mamlakat 2028 yilda Maskning oʻzi kelishi mumkin boʻlgan Xalqaro astronavtika kongressini oʻtkazish uchun ariza topshirmoqda.

Starlink va Markaziy Osiyo

Taqqoslash uchun, Starlink Qozogʻistonda rasman 2025 yil 13 avgustda ishlay boshlagan. Ungacha xizmat test rejimida ishlagan va asosan qishloq maktablari tomonidan yuqori tezlikdagi internetga ulanish uchun foydalanilgan. Endi xizmat barcha foydalanuvchilar uchun ochiq.

Starlink 2015 yilda Illon Maskga tegishli Space X kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy maqsadi - sayyoramizning istalgan nuqtasini, jumladan, infratuzilmaga ega boʻlmagan eng chekka hududlarni tezkor internet bilan taʼminlash. Ulanish tezligi odatda 50 dan 250 Mbit / s gachani tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid