Bu yil toʻlov-kontrakt summalari oshirilmaydi
Super kontrakt narxining ham pasayishi kutilmoqda.

Joriy yilda OTMlarda toʻlov-kontrakt summalari oshirilmaydi. Bu haqda qator OAV va blogerlar xabar bermoqda.
Mazkur maʼlumotni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham tasdiqlagan.
Oʻtgan oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktlar miqdori borasida Davlat qabul komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan edi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
Shuningdek, super kontrakt narxining pasayishi kutilmoqda. Abituriyentlarga 6-yoʻnalishni tanlash boʻyicha qarror ham tez orada eʼlon qilinishi mumkin.
Bu nodavlat oliy taʼlim muassasalari bilan raqobatning taʼsiri natijasida yuz beradi.