platina.uz
Siyosat

Sardor Umrzoqovga yangi vazifa yuklatildi

U falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarga koʻmaklashish boʻyicha komissiyaga rahbarlik qiladi. 

Sardor Umrzoqovga yangi vazifa yuklatildi

Sardor Umrzoqovga yangi vazifa yuklatildi.

Umrzoqov falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni Oʻzbekistonda yashashga moslashtirish jarayoniga koʻmaklashish boʻyicha Respublika komissiyasiga raislik qiladi. Prezident farmoni bilan komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Komissiyadan 20 nafar amaldor joy egallagan. Ular orasida sogʻliqni saqlash vaziri, taʼlim vaziri, TIV rahbari, Prezident maslahatchilari bor.

Sardor Umrzoqov iyul oyida Oʻzbekiston prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgandi.

Oʻzbekiston va falastinliklar

Oʻzbekistonga 100 nafar falastinlik 2024 yil oxirida keltirilgandi. Bir necha kun avval davlat rahbari ularga oid hujjatni imzoladi.

Unga koʻra, Oʻzbekistonga olib kelingan falastinliklar bolalari davlat bogʻcha va maktablariga joylashtiriladi.

Ular navbatga qoʻyilmagan holda, maxsus talabnoma bilan qoʻyiladi. Mehmonlarga zarur nafaqa toʻlovlari toʻlanadi, uy-joy ijara xarajatlari qoplab beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid