platina.uz
Jamiyat

Forish tumani hokimi oʻrinbosari qoʻlga olindi

U 204 gektar sugʻoriladigan yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming AQSh dollari talab qilgan. 

Forish tumani hokimi oʻrinbosari qoʻlga olindi

Forish tumani hokimi oʻrinbosari pora bilan ushlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.

Unda hokimiyat organi mansabdor xodimining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Gap nima haqida?

Jizzax viloyati Forish tumani hokimi oʻrinbosari oʻzining mansab mavqeidan foydalanishga uringan. U joriy yilning iyun oyida qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan MChJ tomonidan auksion savdolari orqali yutib olingan 204 gektar sugʻoriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming AQSh dollari talab qiladi.

Shundan hozir 20 ming AQSh dollarini berishini, qolgan 10 ming AQSh dollarini esa hosil yigʻimidan soʻng berishi kerakligini aytadi.

Hokim oʻrinbosari soʻralgan pul mablagʻidan 20 ming AQSh dollarini oʻzining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Sharof Rashidov tumani hokimi M. Xolboʻtayev ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid