DXX kubogi final bosqichiga start berilmoqda
Oʻyinlar 18–23 avgust kunlari "Bunyodkor" futbol akademiyasi maydonlarida boʻlib oʻtadi.

DXX kubogi final bosqichi boshlanmoqda.
Eng sara jamoalar DXX kubogini qoʻlga kiritish uchun Toshkent shahriga yetib kelishdi.
Joriy yil respublika yoshlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan futbol hamda mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari qizgʻin pallaga kirmoqda.
Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardan saralangan jamoalar final bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga yetib kelishdi.

Respublika bosqichi oʻyinlariga joriy yilning 18–23 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 da start beriladi.
Musobaqaning final uchrashuvi 23 avgust kuni soat 18:00da “Jar” stadionida boʻlib oʻtadi.