Tramp endi Zelenskiy bilan uchrashadi
AQSh prezidenti Putin bilan natija keltirmagani aytilgan uchrashuvdan soʻng, Yevropa yetakchilari bilan gaplashdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 18 avgust kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishini aytdi.
Zelenskiy AQSh va Rossiya prezidentlarining uchrashuvidan keyin Donald Tramp bilan boʻlib oʻtgan telefon suhbatini “mazmunli” deb atadi.
"Prezident Tramp bilan avvaliga yakkama-yakka, keyin Yevropa yetakchilari ishtirokida uzoq va mazmunli suhbat boʻldi. Umuman olganda, biz prezident Tramp bilan bir yarim soatdan koʻproq suhbatlashdik. Prezident Tramp menga Rossiya rahbari bilan uchrashuvi, suhbatning asosiy nuqtalari haqida maʼlumot berdi", — deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarida.
Shuningdek, u uch tomonlama muzokaralar formatida ishtirok etishga rozi boʻldi. “Biz prezident Trampning Ukraina, Amerika va Rossiya oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv oʻtkazish haqidagi taklifini qoʻllab-quvvatlaymiz”, dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, 18 iyun kuni Vashingtonda Tramp bilan sulh tafsilotlarini muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
Putin-Tramp sammiti
15 avgust kuni Rossiya prezidenti Putin va AQSh yetakchisi Tramp Alyaskada uchrashdi.
Uchrashuvda aniq kelishuvga erishilmagani xabar qilindi. Shuningdek, Putin Rossiya urushni tugatishdan manfaatdor ekani haqida gapirgan.