platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda qalbaki 150 ming dollar sotayotgan fuqaro ushlandi

U 2024 yilda firibgarlikda ayblanib, ozodlik cheklash jazosini oʻtayotgan shaxs boʻlib chiqdi.  

Sirdaryoda qalbaki 150 ming dollar sotayotgan fuqaro ushlandi

Sirdaryoda qalbaki 150 ming AQSh dollarini muomalaga kiritilishi toʻxtatildi.

DXXning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Gap nima haqida?

Tezkor tadbirda Oqoltin tumanida yashovchi, 1998 y.t. fuqaro qalbaki 150 ming AQSh dollarini “shartli xaridor”ga haqiqiy 30 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur fuqaro JIB Yangiyer shahar sudining 2024 yil dekabr oyidagi hukmi bilan Jinoyat Kodeksining 168 va 176-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va hozirda jazo oʻtayotgan shaxs hisoblanadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Qozogʻistondan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan ushbu qalbaki kupyuralarni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi fuqarodan olganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qonunbuzarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Avval Shahrisabz tumanida FVB rahbari, Fargʻonada esa bojxona posti boshligʻini qoʻlga olingandi.

U fuqarolardan biriga 80 dona “Iphone-16” telefon apparatlarini noqonuniy tarzda oʻtkazib bergan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid