Qovurilgan kartoshkaning yana bir xavfi aniqlandi
Ushbu mahsulotni sevib isteʼmol qilish qandli diabet ehtimolini oshiradi.

Qovurilgan kartoshka(fri)ni tez-tez isteʼmol qilish 2-toifa diabet rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bu haqda Garvard sogʻliqni saqlash maktabi tadqiqotchilari maʼlumot berdi. Tadqiqot natijalari BMJ jurnalida chop etildi.
Mualliflar oʻttiz yil davomida ovqatlanishi va sogʻligʻi haqida muntazam ravishda anketalarni toʻldirgan 205 000 dan ortiq ishtirokchilarning maʼlumotlarini tahlil qildilar. Maʼlum boʻlishicha, haftada uch marta kartoshka fri isteʼmol qilish qandli diabetga chalinish xavfini 20 foizga oshiradi.
Biroq pishirilgan, qaynatilgan yoki kartoshka pyuresi bilan bunday holat kuzatilmagan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mahsulotning oʻzi emas, balki uni tayyorlash usuli muhim. Kartoshkani toʻliq donli mahsulotlari bilan almashtirish - butun donli non yoki makaron kabi - diabet xavfini 19 foizga kamaytirishi mumkin.
Olimlar “kartoshka yomonmi?” degan soddalashtirilgan yondashuvdan voz kechishni taklif qilmoqdalar. Savolni yanada aniqroq shakllantirish muhim: taom qanday aniq tayyorlanadi deya yondoshish muhimdir.
500 000 dan ortiq odam ishtirok etgan qoʻshimcha meta-tahlil natijalarini tasdiqladi: hatto diyetada kichik oʻzgarishlar ham 2-toifa diabet xavfiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Avvalroq, shifokor piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi haqida maʼlumot bergandi.
Aytilishicha, kuniga oʻrtacha 8 ming qadam piyoda yurish foydali, undan koʻproq miqdor esa inson organizmiga biroz salbiy taʼsir qilishi mumkin.