platina.uz
Jahon

Putin va Tramp Alyaskada uchrashdi: asosiy maʼlumotlar

Uchrashuvda aniq kelishuvga erishilmagani aytilmoqda. Putin Rossiya urushni tugatishdan manfaatdor ekani haqida gapirgan. 

Putin va Tramp Alyaskada uchrashdi: asosiy maʼlumotlar

15 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp Alyaska shtatidagi Ankorij shahrida uchrashdi. Uchrashuvning asosiy masalasi Ukraina urushi boʻlishi kutilgan.

Ikki davlat rahbarlari deyarli bir vaqtda samolyotdan tushishdi. Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi rahbarini qizil gilamda kutib oldi.

Prezidentlar qoʻl siqishdi. Qisqa suhbat va qoʻshma fotosessiyadan soʻng ular bir mashinaga oʻtirishgan.

Shundan soʻng davlat rahbarlari jurnalistlarsiz tor doirada muzokaralar oʻtkazdi.

"Ukraina boʻyicha hali kelishuv yoʻq" - Putin va Trampning muzokaralardan keyingi asosiy bayonotlari

Yopiq oʻtgan muzokaralardan keyin har ikkala prezident jurnalistlarga bayonotlar berishdi.

Vladimir Putin:

– Muzokaralar konstruktiv va oʻzaro hurmat ruhida oʻtdi.

- Rossiya va AQSh bir-biridan okean bilan ajralib turishiga qaramay, yaqin qoʻshnilardir.

- Rossiya va Amerika munosabatlari "sovuq urush davridan beri eng past darajaga tushib qoldi. Shuning uchun uchrashuv muddati kechiktirildi".

- Ukraina xalqi bizning qardosh xalqimiz.

- Rossiya “Ukraina mojarosi”ga chek qoʻyishdan chin dildan manfaatdor. Barcha "inqirozning asosiy sabablari" yoʻq qilinishi kerak.

- Umid qilamizki, “Kiyev kelishuvda yuzaga kelayotgan taraqqiyotga toʻsqinlik qilmaydi”.

- Rossiya va Qoʻshma Shtatlar texnologiyadan tortib Arktikagacha boʻlgan turli sohalarda bir-biriga taklif qiladigan narsaga ega.

— Ukrainadagi urush Tramp davrida boshlanmagan boʻlardi.

— Ayrim kelishuvlarga erishildi.

Donald Tramp:

- Ukraina boʻyicha hech qanday kelishuv yoʻq.

— Trampning Putin bilan munosabatlari yaxshi.

- Biz baʼzi narsalarda kelishib oldik, lekin boshqalar xususida emas.

"Eng muhimi, bizda tinchlikka erishish uchun yaxshi imkoniyat bor."

— Har hafta minglab odamlar halok boʻlmoqda, Putin bu urushni tugatmoqchi.

"Men NATOdagi ittifoqchilarimga va Zelenskiyga qoʻngʻiroq qilaman".

Prezidentlar ushbu bayonotlar bilan cheklanib, jurnalistlarning savollariga javob bermay, matbuot anjumanini yakunladilar.

Putin navbatdagi uchrashuvni Moskvada oʻtkazishni taklif qildi. Rossiya prezidentining AQShga amaliy tashrifi besh soatdan ortiq davom etdi. Shundan soʻng, Putin Rossiyaga qaytdi.

Yil uchrashuvi

Tramp va Putin uchrashuvi masalasi oʻtgan haftada koʻtarilgan edi. Koʻpchilik kutgani kabi, unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etmadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid