platina.uz
Jamiyat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kontrakt narxini 15 foizga oshirdi

JIDUda kechki, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli universitet moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi taʼlim shakli toʻlov-kontrakt hisobidan amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kontrakt narxini 15 foizga oshirdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kuzatuv kengashining qaroriga asosan, universitetning 2025-2026-yillarda kutilayotgan xarajatlarini inobatga olgan holda, bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitish qiymati miqdorlari 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartibda 15% oshirish (indeksatsiya qilish) belgilandi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonda xodimlar va professor-oʻqituvchilar oylik ish haqi miqdori 2024 yil 1 oktabrdan 10% oshirildi va joriy yilning 1 avgustidan yana 10% oshirilishi belgilangan boʻlib, umumiy oʻsish 20% tashkil qiladi.

2024 yilda tovar va xizmatlar boʻyicha rasmiy inflyatsiya oʻrtacha 10% tashkil etdi. Shuningdek, kommunal xizmatlari (issiqlik energiyasi) narxlari ham 2024-2025 yillarda 15% oshdi.

“Universitet hisobiga kelib tushadigan qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan taʼlim sifatini yanada yaxshilash, xodimlar va professor-oʻqituvchilarning ish haqi va unga tenglashtilgan toʻlovlarni joriy inflyatsiya (10%) darajasida oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va munosib ragʻbatlantirib borish, infratuzilmani yanada rivojlantirish maqsadida toʻlov-kontrakt miqdorini bozor qiymatiga yaqinlashtirish va raqobatbardosh qiymatlar darajasida belgilash maqsadga muvofiq”, deyiladi rasmiy xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, JIDUda kechki, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli universitetning moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi taʼlim shakli toʻlov-kontrakt hisobidan amalga oshirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid