"Boysunkoʻmir"ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi
Xalqaro sanksiyalarga duchor boʻlgan davlat korxonasi yoki firma savdolarga qoʻyilmaydi.

"Boysunkoʻmir" kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Boysunkoʻmir" kompaniyasining 100 foiz ulushini xususiylashtirish boshlanganini maʼlum qildi.
Toshkentdagi Alkes Research kompaniyasi aktivni sotish boʻyicha maslahatchi vazifasini bajaradi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichi potensial xaridorlarning arizalarini toʻplashni oʻz ichiga oladi. Ushbu bosqichning bir qismi sifatida ariza beruvchilar maslahatchiga roʻyxatga olish, aksiyadorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etishlari kerak.
Xalqaro sanksiyalarga duchor boʻlgan davlat korxonasi yoki firma "Boysunkoʻmir"ning xaridori boʻla olmaydi.
Elektron pochta orqali arizalarni toʻplash 20 sentabrgacha davom etadi.
Keyingi bosqichda potensial xaridorlar maʼlumotlarni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaydi va kompaniyaning batafsil moliyaviy hisobotlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi. Ular garovga qoʻyish va oʻz narxini taklif qilishlari mumkin boʻladi.
Kompaniya haqida
" Boysunkoʻmir" ayni damda Surxondaryo viloyatidagi Boysun koʻmir konini oʻzlashtirmoqda. Kompaniya 2055 yilgacha koʻmir qazib olish huquqiga ega.