platina.uz
Iqtisod

Savdo sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi

Ularning yarim yilda toʻlagan soligʻi taxminan 29,5 mlrd dollarga toʻgʻri kelmoqda. Anglesey Food (Korzinka) tomonidan byudjetga 180,8 mlrd soʻm tushirilgan. 

Savdo sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi

2025 yilning yanvar-may oylarida savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan umumiy tovar aylanmasi 370,3 trln soʻmni tashkil qildi. Bu haqda Soliq qoʻmitasiga asoslanib Pinkod xabar berdi.

Markaziy bankning amaldagi kursi boʻyicha bu koʻrsatkich taxminan 29,5 mlrd AQSh dollariga teng.

Davr davomida savdo sohasi tomonidan jami 16,9 trln soʻmlik soliq toʻlangan boʻlib, ularga 2,4 trln soʻmlik soliq imtiyozlari qoʻllanilgan.

Eng koʻp soliq toʻlagan 20 ta korxona tomonidan esa 25,85 trln soʻmlik tovar aylanmasi amalga oshirilgan va ular jami 1,3 trln soʻmlik soliq toʻlagan. Ushbu TOP-20 korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari hajmi esa 97,9 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Bu TOP-20 korxonaning umumiy savdo sohasidagi ulushi quyidagicha:

  • tovar aylanmasida – 7%,

  • toʻlangan soliqlarda – 7,7%,

  • soliq imtiyozlarida – 4%.

Eng koʻp soliq toʻlagan savdo korxonalari orasida birinchi oʻrinni 180,8 milliard soʻmlik soliq bilan Korzinka brendi ostida faoliyat yurituvchi Anglesey Food egalladi.

Undan keyingi oʻrinlarda mos ravishda Total Oil Invest – 149,8 milliard soʻm va Uzum Market – 120,5 milliard soʻm bilan joylashgan.

Toʻrtinchi oʻrinni Ung Petro MCHJ (92,9 mlrd soʻm), beshinchini Namangan-Istiqlol bog‘i MCHJ (85,8 mlrd soʻm) egalladi.

Shuningdek, yettinchi oʻrinni Alif Moliya 52,4 mlrd soʻmlik soliq toʻlovi bilan egalladi. Roʻyxatda Lukoil, Samsung Electronics Uzbekistan va Nestle Food kabi yirik kompaniyalar ham mavjud.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid