platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda batareyka, shina, shisha va boshqa chiqindilar uchun ekoyigʻim joriy etiladi

Ekologiya vazirligi bu masala boʻyicha prezidentga taqdimot qildi.  

Oʻzbekistonda batareyka, shina, shisha va boshqa chiqindilar uchun ekoyigʻim joriy etiladi

Olti turdagi tovarlar uchun ekologik yigʻim joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 14 avgust kuni prezidentga taqdim etgan taqdimotida aks etgan.

Gap nima haqida?

Yigʻimlar bosqichma-bosqich kiritiladi. Birinchi bosqichda ekoyigʻimni quyidagi tovarlarga joriy etiladi:

-batareyka va akkumulyatorlar;

-transport vositalari;

-moylash materiallari;

-qadoq mahsulotlari;

shinalar va rezina kameralar;

-shisha mahsulotlari.

Taqdimotda qayd etilishicha, hozirda chiqindilarning katta qismi poligonlarga yuboriladi, qayta ishlash darajasi past boʻlib, shinalar boʻyicha 17 foiz, shisha boʻyicha 6,3 foiz, plastmassa boʻyicha esa 11,2 foizni tashkil etadi.

Yillik hosil boʻladigan chiqindi hajmi plastmassa boʻyicha 1,8 million tonna, elektron chiqindi — 144 ming tonna, shisha — 647 ming tonna, moy — 250 tonna va rezina boʻyicha 217 ming donani tashkil qiladi. Shuningdek, 2035 yilga qadar elektr chiqindilar hajmi 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonda yiliga 14 million tonna maishiy chiqindi hosil boʻladi. Lekin ularni qayta ishlash darajasi past. Soʻnggi yillardagi loyihalar natijasida bu endi 5 foizga yetdi.

Chiqindini yoqish orqali energiya ishlab chiqarish loyihalari qoʻllab-quvvatlanmoqda. Xitoylik investorlar 6 ta viloyatda shunday zavodlar qurayapti. Davlat chiqindi utilizatsiyasi uchun ularga toʻlov qilish bilan birga, hosil boʻlgan energiyani sotib olish boʻyicha ham majburiyat olayapti.

Yaqinda Toshkent shahrida tibbiyot chiqindisini yoqib, issiqlik oladigan ikkita korxona ishga tushirildi. Yana Samarqandda 2 ta, qolgan hududlarda bittadan shunday zavodlar qurilishi moʻljallangan.

Mahallaga chiqindi texnikasining kelish vaqti va harakatini onlayn koʻrish imkoniyatini yaratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid